VISA plastik kartalari

VISA plastik kartalari

Karta buyurtirish

VISA plastik kartalari

Ushbu karta Visa belgisi tushirilgan deyarli barcha nuqtalarda toʻlov uchun qabul qilinadi. Bu kartani ham elektron, ham mexanik terminallarda qoʻllash mumkin.

"Visa International" xalkaro plastik kartalari

Visa kartalari bu – 200 dan ziyod davlatdagi karta egalari, savdo-servis korxonalari, moliyaviy va davlat muassasalariga elektron toʻlovlar boʻyicha tez, xavfsiz va ishonchli tarmoqqa kirish imkoniyatini beruvchi toʻlov tizimidir. Elektron toʻlovlar Global innovatsion protsessing tizim – VISANet yordamida amalga oshiriladi va bu tizim bir soniyada 24 000 dan ortiq tranzaktsiyani qayta ishlay oladi. U isteʼmolchilarga firibgarlikdan himoya, savdo-servis tashkilotlariga esa toʻlovlarning amalga oshirilishini kafolatlaydi.

Visa kartalariga xizmat koʻrsatish tarmogʻi dunyodagi eng keng tarmoqlardan biri boʻlib, 24 mln.dan ortiq xizmat koʻrsatish shahobchalariga ega, shu jumladan bir millionga yaqin bankomatlardan iborat. Visa kartalari 150 dan ziyod dunyo mamlakatlarida qabul qilinadi.

Xalqaro plastik kartadan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

VISA Direct   


InfinBANK kartalari orasida - komissiya 0%

Boshqa banklar Visa kartalari uchun - komissiya 1% (eng kamida 2 USD)

Visa Direct – butun dunyo boʻylab real vaqt rejimida Visa kartalari oʻrtasida pul oʻtkazishning tez, oson va xavfsiz usulidir.

Visa Direct xizmatidan qanday foydalaniladi?

1.      Bankning identifikatsiyadan oʻtgan mijozi boʻlish kerak;

2.      Visa kartasi va Bank mobil ilovasi boʻlishi kerak;

3.      Mobil ilovadagi asosiy menyuda “Visa Direct pul oʻtkazmalari” boʻlimiga oʻtiladi yoki “Oʻtkazmalar” boʻlimi orqali “Visa Direct” bandi tanlanadi;

4.      Ochilgan oʻtkazma oynasida pul mablagʻlarini yechib olish uchun Visa kartasi tanlanadi, toʻliq karta raqami, oluvchining ismi va familiyasi kiritiladi va oʻtkazma summasi koʻrsatiladi;

5.      “Oʻtkazish” tugmasi bosiladi;

6.      Shundan keyin ochilgan “Amalni tasdiqlash” oynasida oʻtkazmaning kiritilgan maʼlumotlari toʻgʻri ekanligiga ishonch hosil qilish kerak bo’ladi;

7.      Oʻtkazma tasdiqlanadi;

8.      Foydalanuvchining tasdiqlash va xavfsizlik maqsadida ulangan telefon raqamiga yuborilgan bir martalik SMS kod kiritiladi;

9.      Tayyor!

Qabul qiluvchida pul mablagʻlarining mavjudligi muayyan moliya institutlari va mintaqaning ichki tartiblariga bogʻliq boʻlishi mumkin.

Visa Direct orqali pul mablagʻlarini joʻnatish mumkin boʻlgan mamlakatlar:

Avstraliya, Avstriya, Ozarbayjon, Armaniston, Afgʻoniston, Belarus, Belgiya, Bolgariya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Germaniya, Gonkong, Gretsiya, Gruziya, Daniya, Misr, Isroil, Hindiston, Indoneziya, Ispaniya, Italiya, Qozogʻiston, Kipr, Qirgʻiziston, Xitoy, Latviya, Litva, Lyuksemburg, Malayziya, Malta, Moldova, Niderlandiya, Yangi Zelandiya, Norvegiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Pokiston, Polsha, Ruminiya, Saudiya Arabistoni, Singapur, Slovakiya, Sloveniya, Tojikiston, Tailand, Turkmaniston, Turkiya, Oʻzbekiston, Ukraina, Finlyandiya, Xorvatiya, Chexiya, Shveytsariya, Shvetsiya, Estoniya, Janubiy Koreya (Koreya Respublikasi).

* InfinBANKdan VISA kartalar uchun komissiyasiz o‘tkazmalar aksiyasi 2022-yil 15-dekabrdan 2023-yil 31-yanvargacha davom etadi.

Visa Direct pul oʻtkazmalari limiti

  • Kunlik limit: 1 000 AQSh dollari

  • Oylik limit: 10 000 AQSh dollari

  • Minimal oʻtkazma summasi: 1 AQSh dollari

VISA CLASSIC

          

Bu karta Visa logotipi mavjud boʻlgan qariyb barcha shaxobchalarda toʻlov uchun qabul qilinadi. U elektron, mexanik toʻlov terminallari va bankomatlarida, hamda internet yoki telefon orqali toʻlov uchun ham qabul qilinadi.

Internet toʻlovlari uchun kartada maxsus servis kodi mavjud boʻlib, u kartaning orqa tarafida keltirilgan va uchta sondan iborat.

   VISA GOLD

         

Ushbu nomdor kartalar egasining yuqori ijtimoiy mavqeini alohida taʼkidlab koʻrsatadi va xizmat koʻrsatish vaqtida oʻzgacha eʼtiborni kafolatlaydi.

VISA CLASSIC kartalarining imtiyozlariga qoʻshimcha ravishda, VISA GOLD toifa karta egalari – doimiy tartibda butun dunyo boʻylab tovar va xizmatlarga toʻlov amalga oshirishda eksklyuziv imtiyoz va sezilarli chegirmalardan foydalanadilar.

   VISA PLATINUM

         

Visa Platinum – yuqori daromadli va ijtimoiy mavqega ega boʻlgan shaxslar uchun mansub kartadir.

Visa Platinum ushbu karta egasiga eng yuqori darajadagi xizmat va eʼtiborni anglatadi. Koʻplab doʻkon va restoranlar Visa Platinum kartalari egalari uchun imtiyoz dasturlarida qatnashadilar.

Bank mijozlarini qoʻllab-quvvatlash xizmati:
+(998) 71 202-50-60; +(998) 71 202-50-71

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.