Ho‘jjatlashtirilgan amaliyotlar

Ho‘jjatlashtirilgan amaliyotlar

Ho‘jjatlashtirilgan amaliyotlar

ATB «InFinBank» naqdsiz hisob-kitobning qulay va ishonchli shakli bo‘lgan akkreditivni taklif qiladi. Xaridor va sotuvchi bilan o‘rtasidagi hisob-kitoblarda turli hildagi akkreditivlarning qo‘llanilishi, shartnoma bo‘yicha tomonlarning majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq xatarlarni kamaytirish imkonini beradi.

Akkreditiv asosiy hisob-kitob asboblaridan biri bo‘lib, benefisiar (sotuvchi) tomonidan akkreditiv shartlariga muvofiq tarzda hujjatlarning taqdim qilinishi sharti bilan, oldindan kelishilgan muddatda (talabnoma bo‘yicha yoki keyinga qoldirishdan keyin) bank-emitentning (ATB «InFinBank») sotuvchiga to‘lovni amalga oshirishning, uning muddatini surmagan holdagi, majburiyati bo‘lib hisoblanadi.

Bajarilish usuliga asosan akkreditivlar talabnoma bo‘yicha (yuklab yuborish fakti bo‘yicha) yoki to‘lovni keyinga qoldirish (yuklab yuborishdan keyin ) turiga bo‘linadi. Akkreditiv tasdiqlangan yoki tasdiqlanmagan bo‘lishi mumkin. Tasdiqlanmagan akkreditivni ochishda tegishli taqdimot bo‘yicha majburiyatlarga faqat bank-emitent (ATB «InFinBank») ega bo‘ladi, tasdiqlangan akkreditivni ochishda esa ATB «InFinBank»ning majburiyatiga o‘z majburiyatini horijiy bank (tasdiqlaydigan) akkreditivni tasdiqlash yo‘li bilan qo‘shadi.

Hisob-kitoblarning akkreditiv shaklidan foydalangan holda, tashqi savdo kontraktining shartlarining bajarilishini ta'minlash, kontrakt bo‘yicha tomonlarning xatarlarini muvozanatlashtirish va kamaytirish, mollarning o‘z vaqtida va majmuali yetkazilishini (barcha talab etilayotgan hujjatlarni rasmiylashtirish va o‘tkazib berishni inobatga olgan holda) nazorat qilish, mollar uchun avans to‘lovlariga yo‘l qo‘ymaslik, to‘lovning keyinga qoldirilishi/qismlab to‘lanishi shartlariga ega bo‘lish, zarur bo‘lgan kredit zahiralarini jalb qilish, qulay moliyaviy shartlarda yetkazilayotgan mahsulotlar uchun to‘lovni olish kafolatlarini ta'minlash mumkin bo‘ladi.

ATB «InFinBank» o‘z mijozlarining tashqi iqtisodiy faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida, bankka xorijiy moliyaviy institutlar tomonidan taqdim etilgan, kredit liniyalari doirasida keyinchalik moliyalashtirish yoki to‘lovni keyinga qoldirish shartlari bilan import operatsiyalarini qisqa muddatli moliyalashtirishni tashkil qilishni taklif qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun akkreditivlarni milliy valyuta – so‘mda ochish imkoniyati mavjud. Bunday akkreditivlar bo‘yicha moliyalashtirish va to‘lov valyutasi – so‘m, akkreditivlar “O‘zbekiston Respublikasidagi naqdsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi nizom” ga bo‘ysunadilar (ro‘y. AV 03.06.2013g. №2465).


*tuzilgan akkreditiv bo‘yicha xizmat shartnomasiga binoan chet el bankining barcha komissiyalari (foizlari), shu jumladan post-moliyalashtirish (ramburslash) uchun komissiyalar mijoz tomonidan to‘langan holatda yoki bitim bo‘yicha yuqorida ko‘rsatilgan komissiyalar (foizlar) nazarda tutilmagan holatda;

**tuzilgan akkreditiv bo‘yicha xizmat shartnomasiga binoan chet el bankining barcha komissiyalari (foizlari), shu jumladan post-moliyalashtirish (ramburslash) uchun komissiyalar “InFinBank” ATB tomonidan to‘langan holatda.

HISOB-KITOBLAR AKKREDITIV ShAKLINING AFZALLIKLARI:

  • Xalqaro savdoda tan olingan to‘lov asbobi;
  • Har qaysi savdo sherigini qoniqtiradigan to‘lov chizmalaraning keng ko‘lami
  • Shubhasiz to‘lov kafolati;
  • ATB «InFinBank»dan akkreditiv operatsiyalarini tashkil qilish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha bepul informasion-maslahat yordam olish;
  • Akkreditiv hisob-kitoblar shakli doirasidagi moliyalashtirishning qiymati kredit qiymatidan ahamiyatli darajada past bo‘ladi.

Umumiy kelishuv

doc(59 Kb)

Shartnoma

doc(40 Kb)

Tariflar

pdf(306 Kb)

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.