Milliy plastik kartalar

Milliy plastik kartalar

Milliy plastik kartalar

Korporativ karta — yuridik shaxsning hisob raqamiga bog‘langan bank kartasi. Kompaniyaning xo‘jalik yoki asosiy faoliyati bilan bog‘liq xarajatlarini, shu jumladan qo‘shimcha, vakillik, transport va xizmat safarlari xarajatlarini to‘lash uchun mo‘ljallangan.

Kartadan mehnat haqi bo‘yicha hisob-kitoblarni va ijtimoiy xususiyatga ega bo‘lgan to‘lovlarni amalga oshirish uchun foydalanilmaydi. Korporativ bank kartalarining egalari milliy valyutadagi korporativ bank kartalaridan foydalangan holda savdo va servis korxonalarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish va ularni realizasiya qilish xarajatlarining tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom"da nazarda tutilgan xarajatlar haqini to‘lash uchun naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishlari mumkin.

Korporativ bank kartalaridan foydalangan holda naqd pulsiz to‘lov uchun sarflanadigan pul mablag‘lari korporativ bank kartasining egasi tomonidan qat'iy muayyan maqsadlar uchun hisobot ostida foydalaniladigan mablag‘lar hisoblanadi. Korporativ bank kartasining egasi korporativ bank kartasini hisobot ostiga olgan kundan boshlab kechi bilan 10 kun ichida yuridik shaxsning buxgalteriyasiga korporativ bank kartasi vositasida sarflangan mablag‘lar haqidagi hisobotni taqdim etishi kerak.

Korporativ bank kartasidan xizmat safarlari xarajatlarini to‘lash uchun foydalanish chog‘ida korporativ bank kartasining egasi xizmat safaridan qaytganidan keyin qonun hujjatlari bilan belgilangan muddatda buxgalteriyaga korporativ bank kartasi vositasida sarflangan mablag‘lar haqidagi hisobotni taqdim etishi shart.

Kartani rasmiylashtirish uchun yuridik shaxs bank bilan korporativ kartalarni chiqarish va ularga xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomani tuzishi kerak. Shartnomada ushbu kartalardan foydalanadigan xodimlar haqidagi ma'lumotlar aks ettiriladi. Shartnomaga xodimlarning kartalarni chiqarish uchun bergan arizasini va ularga kompaniya tomonidan berilgan ishonchnomani ilova qilish lozim. Shuningdek, kartochka hisob-kitob raqamini ochish uchun bankka tegishli hujjatlarni taqdim etish kerak.


Shartnoma

doc(202 Kb)

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.